Oliy Majlis Senati aʼzosi Topiboldi Xoldorov vafot etdi

    Tashvishli xabar 22 Avgust 2021 1767

    Oliy Majlis Senati aʼzosi, viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining Keksalar va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha oʻrinbosari Topiboldi hoji Xoldorov surunkali yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etdi.

    Topiboldi Xoldorov Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan edi. Marhumning janozasi kechki soatlarda uning xonadonida, Fargʻona tumanidagi Yoshlarobod qishlogʻi, Tinchlik MFYda oʻtkaziladi.

    Topiboldi Xoldorov 1942-yil 1-fevralda Fargʻona tumanida tugʻilgan, viloyatda matlubot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2000-yildan 2009-yilga qadar Nuroniy“ jamgʻarmasi Fargʻona tumani boʻlinmasi, 2009-2020-yillarda ”Nuroniy“ jamgʻarmasi Fargʻona viloyat boʻlimi raisi boʻlgan. 60 yillik samarali mehnat faoliyati davrida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishda faol ishtirok etib kelgan. 2016-yilda ”Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.