Forumda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning jamiyatdagi oʻrni va huquqlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Unda Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash yoʻnalishida olib borilayotgan tizimli islohotlar alohida eʼtirof etildi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston tajribasi boshqa mamlakatlar parlamentlari uchun ilgʻor model sifatida qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar 2030-yilgacha moʻljallangan Milliy strategiya asosida olib borilyapti hamda bu yondashuv BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga toʻliq mos keladi.
Tadbir davomida oilaviy zoʻravonlikka barham berish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va ilgari surilgan tashabbuslar ham eʼtirof etildi.
Senat Raisi forumdagi nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirish, amaliy hamkorlikni yanada samarali olib borish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi.
Xususan, ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ilgʻor tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish, qarorlar qabul qilish jarayonida ularning ishtirokini kengaytirish hamda tadbirkor ayollar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, Avaza harakatlar dasturini mintaqaviy darajada amalga oshirish boʻyicha aniq takliflar ilgari surildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.









