Oliy Majlis Senati Raisi Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    Xalqaro hamkorlik 23 Mart 2024 2187

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko va Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinga taʼziya maktubini yoʻlladi.

    “Krokus Siti Xoll” konsert zalida yuz bergan terrorchilik xuruji oqibatida koʻplab begunoh insonlarning hayotdan koʻz yumgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oliy Majlis Senati va shaxsan oʻz nomimdan Sizga va marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman.

    Biz tinch aholi vakillariga qaratilgan har qanday hujumni keskin qoralaymiz. Barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi maktubda.