Majlis davomida Parlament ayol aʼzolari forumi 39-sessiyasi Prezidentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva nomzodi taklif etildi.
Oʻz navbatida, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva oʻz chiqishida mazkur sessiya Prezidentligiga uning nomzodini ilgari surgani uchun Sintiya Lopes Kastro xonimga minnatdorchilik izhor etdi.
Shuningdek, Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi doirasida tashkil etiladigan tadbirlar, koʻrib chiqiladigan dolzarb mavzular, jumladan gender tenglikka oid masalalar, muhokamalar, ilgari suriladigan tashabbuslar butun dunyo xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish, ularning turli sohalardagi faolligini oshirish yoʻnalishida parlamentlarning saʼy-harakatlarini uygʻunlashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Ishtirokchilar sessiya davomida asosiy eʼtiborni dolzarb muammolarga, shu jumladan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning barcha sohalardagi faolligini taʼminlash va parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga qaratdilar hamda forum doirasida ilgari surilgan tashabbuslar global miqyosda amaliy ifodasini topishiga umid bildirdilar.