Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlik tobora faollashib boryapti. Joriy yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralari, shubhasiz, ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini tasdiqlaydi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQShning Yuta shtati o‘rtasida iqtisodiy, ta'lim va gumanitar aloqalar izchil mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. Xususan, «O‘zbekiston–Yuta» tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan 64 ta qo‘shma loyihaning 45 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu loyihalar diplomatiya, savdo, investitsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy almashinuv sohalarini qamrab olgan.
Muloqot davomida raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va IT-ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.








