Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari, shu jumladan, ijtimoiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma tashabbuslarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar ilmiy hamkorlikning, ayniqsa, taʼlim sohasidagi hamkorlikning ahamiyatini qayd etdi. Islom tarixi va madaniy merosini oʻrganishga bagʻishlangan qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali platformasini yaratish uchun doʻstlik guruhlari ishini faollashtirish zarurligi taʼkidlandi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.