Unda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashyapti.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib boradi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Shuningdek, xabar orqali Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning You Tube tarmogʻidagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borish mumkinligi maʼlum qilingan.