Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod koʻrsatish uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashini tuzdilar.
Qisqa tanaffusdan soʻng, Siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan XDP deputati Nuriddin Moʻydinxonovich Ismoilovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar.