Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi 13-yanvar kuni soat 9:30 da Komil Allamjonovga suiqasddan soʻng jamoat tartibini buzganlik aybloviga koʻra 15 sutkaga qamoqqa olingan yetti nafar fuqaroning ishi boʻyicha taftish tartibida ochiq majlis oʻtkazadi.
Himoyachilar ayblovlar soxtalashtirilganligini taʼkidlamoqda, videoyozuvlar va guvohlarning koʻrsatmalari esa hibsga olinganlarning aybsizligini isbotlayotganini aytmoqda.
Ushbu ochiq majlis bunday ishlarda fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda muhim oʻrnak boʻlishi mumkin.