Holat boʻyicha Oliy sud axborot xizmati rasmiy bayonot berib, bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
«Haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻrab qolamiz. Eslatib oʻtamiz, yolgʻon axborot tarqatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud», — deyiladi bayonotda.
Maʼlumot uchun: Jinoyat kodeksining 97-, 25-, 97-, 219- va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan S.M. (1993-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan)ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga shu yilning 29-oktyabr kuni kelib tushgan boʻlib, ayni paytda ish mazmunan koʻrib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.