Joriy yilda mamlakatimiz va xalqimiz hayotida katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi boʼlib oʼtadi. Bu muhim jarayonda siyosiy partiyalar va OАV, fuqarolarning faolligi saylovlarni demokratik, ochiq-oshkora oʼtkazilishida asosiy omil boʼlib xizmat qiladi.
Shu maqsadda joriy yilning aprelь-may oylarida saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar oʼtkazilgan edi.
Hududiy trenerlar tomonidan Kattaqurgʼon shahridagi namunaviy saylov uchastkalarida ham komissiya raisi, rais oʼrinbosari va kotiblikka nomzodlar uchun oʼquvlar tashkil qilindi.
Shuningdek, saylov kuniga qadar shahar va tumanlarga biriktirilgan hududiy trenerlar tomonidan namunaviy saylov uchastkalarida kichik guruhlarda yana iyunь-sentyabrь oylarida interaktiv usullarda oʼquvlar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Kattaqurgʼon shahriga tashrif buyurgan Oliy sud raisining birinchi oʼrinbosari – maʼmuriy ishlar boʼyicha sudlov hayʼati raisi Raboxon Maxmudova 11-ixtisoslashgan Davlat umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan namunaviy saylov uchastkasida boʼldi. Shahar hokimi Gavhar Аlimova va sektor rahbarlari ishtirokida oʼquvlarni oʼtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tanishish asnosida oʼquvlarni tashkil qilishni, oʼquvlarda ishtirok etuvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratishga eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi, deya xabar beradi Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi axborot xizmati.