Oliy sud tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi

    Dolzarb 21 Dekabr 2023 1286

    Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish masalasi ham koʻrib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

    Unga koʻra, Elza Shamsutdinova oʻn yillik muddatga, Anvar Elmurodov muddatsiz davrga, Bahodir Ergashev oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

    Shu bilan birga, Bobir Islomov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzahakimov, Doniyorjon Tojiboyev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherqulov va Xurshid Eshmuratov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

    Yalpi majlis davomida oʻn toʻrt masala koʻrib chiqildi. Shundan oʻntasi qonun, qolgani boshqa masalalarni tashkil etdi.

    Majlis yakunida Senat kengashining qarorlari tasdiqlandi.