Oliy sudi barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha toʻxtadi

    Poytaxt Toshkentning markazida joylashgan Oliy sud binosida elektr taʼminoti bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilmoqda, deya xabar berdi matbuot xizmati.

    Shu sababli Oʻzbekiston Oliy sudi barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha toʻxtatdi.

    Maʼlum qilinishicha, bir necha soatdan soʻng Oliy sud binosida elektr taʼminoti tiklanib, uning axborot tizimlari va interaktiv xizmatlari faoliyati bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.