Oʻktam Salomov 1977-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. Fizika fanlar doktori (DSc).

Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

U tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.