Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik aprelni “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qildi. Oylik doirasida texnika yoʻnalishidagi OTMlarda turli tanlovlar va musobaqalar oʻtkaziladi.
Xususan, shu yilning 15-17-aprel kunlari Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali boʻlib oʻtadi.
Festival doirasida iqtidorli yoshlar oʻrtasida turli musobaqalar tashkil etiladi:
- “Drone racing”
- Havo jangi
- Raketa modellashtirish
- Robotlar jangi
- Robototexnika musobaqasi
- 3D modellashtirish musobaqasi
- Muhandislik ishlanmalari koʻrgazmasi
- Aviamodellar koʻrgazmasi
- “Art Engineering” namoyishlari
- “Sanoat muammolari uchun yechimlar” hakatoni