Oliy taʼlim olish uchun Oʻzbekistonga eng koʻp Hindiston va Turkmanistondan keladi

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar iyun oylari davomida 9,5 ming nafar chet el fuqarosi oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

    Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming nafarga yoki 17,3 foizga koʻpdir.

    Oʻzbekistonda taʼlim olishni maqsad qilgan xorijiy fuqarolar soni ortib borayotgani mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalariga boʻlgan ishonch va xalqaro nufuz oshganini koʻrsatadi.

    2025-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelganlar soni boʻyicha TOP-10 davlat:

    1. Hindiston — 2 780 nafar
    2. Turkmaniston — 2 622 nafar
    3. Tojikiston — 1 145 nafar
    4. Xitoy — 459 nafar
    5. Janubiy Koreya — 381 nafar
    6. Pokiston — 348 nafar
    7. Qirgʻiz Respublikasi — 263 nafar
    8. AQSH — 232 nafar
    9. Afgʻoniston — 167 nafar
    10. Turkiya — 161 nafar

    Shuningdek, boshqa davlatlardan kelgan oʻquvchilar soni 988 nafarni tashkil etdi.