«Maqsadsiz xarajatlar boʻyicha oliy taʼlim tizimida 5 milliard soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Biz vazirlikda tegishli boshqarmalar mutasaddilari bilan mazkur masalani tahlil qildik.
Davlat moliyaviy nazorat departamenti va prokuratura organlari bilan hamkorlikda 306 ta taʼlim muassasasi oʻrganildi. Hisobotda 14 ta oliy taʼlim muassasasi, 4 ta akademik litsey, 3 ta hududiy kasb-hunar va 285 ta oʻrta maxsus taʼlim muassasasida aniqlangan holatlar koʻrsatib oʻtilgan.
Byudjet tashkilotidagi tegishli moliyaviy boʻlimning xodimlari har yili jadval asosida Moliya vazirligining oʻquv kurslarida oʻqitilyapti. Lekin shunga qaramasdan, salbiy holatlar uchrab turibdi.
Oliy taʼlim tizimidagi bosh auditorlar muassasadagi birinchi rahbar boshchilik qiladigan tarkibiy boʻlinmadan chiqarildi. Bu ularning faoliyati mustaqil va xolisona boʻlishini taʼminlaydi».