Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Oʻrganish natijasida aksariyat nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarini faoliyatida xato va kamchiliklar, qoidabuzarliklar aniqlandi.
Faoliyati vazirlik tomonidan oʻrganilgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha 1 oy muddat berildi. Berilgan muddatlarda kamchilikni bartaraf etmagan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining litsenziyasini bekor qilish boʻyicha tegishli Sudlarga davo arizalari kiritildi.
Jumladan, oʻrganish natijalariga asosan 2023-yilda 6 ta, 2024-yilda 5 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish boʻyicha tegishli Sudlarga davo arizalari kiritilgan.
Sud jarayonlarida 2023-yilda jami 6 ta OOʻYuning litsenziyasi bekor qilindi. 2024-yilda esa 1 ta OTMning litsenziyasi bekor qilindi. 4 ta holatda tegishli Sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda koʻchirish huquqi berilgan.
2023-yilda litsenziyasi sud tartibida bekor qilingan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan 8 mingga yaqin talabalarning oʻqishi belgilangan tartibda boshqa nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga vazirlik tomonidan koʻchirib oʻtkazildi.
Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining barcha talabalari arizalariga koʻra boshqa oliygohlarga oʻqishi koʻchirilgan, birorta talabaning muammosi yechimsiz qolmagan.