Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi maxsus botni ishga tushirdi

    Ta'lim 28 Oktabr 2021 4237

    Oliy taʼlim vazirligi talaba qizlar va ayol xodimlar uchun 1006 ishonch telefoni va Telegram botni ishga tushirganini maʼlum qildi.

    "Aziz talaba-qizlar, opa-singillar!

    Agar siz taʼlim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional taʼlim muassasasida sizga nisbatan biron-bir koʻrinishda tegajogʻlik, tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etilgan boʻlsa, yoxud ana shunday nojoʻya xatti- harakatlar tahdidi ostida boʻlsangiz yoki guvohi boʻlgan boʻlsangiz, hech ikkilanmay Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qiling!

    Shaxsingiz va shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur boʻlgan barcha yordam koʻrsatiladi, nojoʻya xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilgan har bir holat boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi.

    Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning shaʼni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazirligimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir", deyiladi vazirlik xabarida.