Oliygohdagi taʼlim Drezden texnika universiteti va Sukuba universiteti dasturlariga moslashtiriladi

    Davlatimiz rahbari sohani rivojlantirish uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

    Texnika yoʻnalishidagi 36 ta oliygohda oʻqitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilgʻor tajriba asosida toʻliq oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.

    Masalan, Davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yoʻq mutaxassisliklarni qisqartirish, kafedralarni birlashtirish mumkin. Universitet toʻliq dual taʼlim tizimiga oʻtadi. Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi.

    Oliygohdagi taʼlim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtiriladi.