OTMlarning elektrotexnika boʻyicha oʻquv dasturlari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika tarmogʻida foydalanilmayotgan imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar qilish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishda kelgusi uch yilda tarmoq uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar oʻrta maʼlumotli mutaxassislar zarur boʻlishi taʼkidlandi.

    Misol uchun, birgina Samarqandda ishga tushiriladigan korxonalarda 2022-yilda 1 ming 200 nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud.

    Shuning uchun Toshkent shahridagi Radiotexnika kolleji, Samarqand va Chirchiq xizmat koʻrsatish texnikumlari, Fargʻona elektrotexnika kolleji “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga biriktirilishi belgilandi.

    Bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika boʻyicha oʻquv dasturlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish topshirildi, deb xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.