Bevosita va onlayn tarzda oʻtkazilgan ushbu tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekistonning boshqa vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.
Forumning faoliyati COVID – 19 pandemiyasidan keyin iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy oʻzgarishlar va SPEKA mintaqasida barqaror oʻsish, barqaror energiya almashinuvi, raqamli transformatsiya, gender tengligi, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va boshqa sohalar kabi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga qaratildi.
Yuqori darajadagi yalpi majlisda Oʻzbekiston delegatsiyasi SPEKA dasturi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilish, tashqi savdoni diversifikatsiya qilish, muqobil energetikani rivojlantirish, atrof-muhitni yaxshilash, gender tengligi, mintaqaviy va mintaqalararo oʻzaro bogʻliqlik, “Xitoy — Qirgʻiziston – Oʻzbekiston”, “Termiz — Mozori–Sharif — Kobul — Peshavor – Karachi”, “Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston” xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish va mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazib berdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.