Olmaliq davlat texnika institutiga rektor vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    Ta'lim 22 Oktabr 2025 1092

    Xalikulov Utkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori hamda institut rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

    Tayinlov oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga binoan amalga oshirildi.

    U.Xalikulov — texnika fanlari doktori, dotsent, tayinlovga qadar u “MISIS” universitetining Olmaliq shahridagi filialida direktor oʻrinbosari — ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.