Ushbu ijobiy oʻzgarish kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasini izchil takomillashtirish, ijtimoiy, boshqaruv va ekologiya sohalarida sezilarli yutuqlarga erishish, shuningdek, kon-metallurgiya sanoatiga xos boʻlgan atrof-muhit muhofazasi muammolarini muvaffaqiyatli bartaraf etishini aks ettiradi.
“Sustainable Fitch” ekspertlariga koʻra, OKMK korporativ boshqaruvining kuchli tomonlari, xatarlarni boshqarishning samarali tizimi, soliq majburiyatlarining vijdonan bajarilishi, shuningdek, kadrlar qoʻnimsizligining past darajasi alohida taʼkidlandi.
Reytingning oshishi, hattoki tarmoqning murakkab oʻziga xosliklariga qaramay, kompaniya tomonidan ESG (ekologiya, ijtimoiy masʼuliyat va korporativ boshqaruv) koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlarining yuqori samaradorligini koʻrsatmoqda.