Olmaliq shahar Mirzo Ulugʻbek koʻchasi hududida Muhandislik maktabi qurilishi belgilandi. Yaʼni, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi hududida joylashgan davlat zaxirasida boʻlgan 1,5 gektar yer maydoniga “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan “Muhandislik maktabi” qurilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Aytish mumkinki, mazkur maktab bir qator xorij davlatlarining muhandislar tayyorlash markazlari faoliyatini oʻrgangan holda hamda Olmaliq KMKning kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, tashkil etilmoqda.

 Muhandislik maktabida metallurgiya va konchilik sanoati sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi oʻz faoliyatini esa joriy yilning noyabr oyida boshlashni rejalashtirmoqda.

9 ta yoʻnalishda, bir oʻquv kursiga 160 nafar tinglovchi qabul qilinadi.

Hozirda 2020-2022-yillarda kon-metallurgiya yoʻnalishida bakalavrni tamomlagan, oʻz sohasi boʻyicha ishlamayotgan yoshlar roʻyxati shakllantirilmoqda.

Yana shuni ham qayd etishimiz kerakki, Finlyandiya, Kanada, Rossiya, Belarus, Germani, Janubiy Koreya, Xitoy, AQSH kabi 13 ta davlatdan kon metallurgiya, geologiya, sanoat, marksheyderlik yoʻnalishlarda mutaxassislar jalb etiladi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati