Olingan xabarga koʻra voqea joyiga yetib borgan Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan bank binosining ichkarisida yurgan va qochishga harakat qilgan noʼmalum shaxs qoʻlga olingan.
Mazkur bank filiali oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirilganda, binoning 1-qavatida joylashgan ombor eshiklarini buzib kirish orqali, ombor shiftidan 2-qavatda joylashgan bank filialiga tuynuk ochib kirilganligi aniqlangan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari mobaynida ushbu shaxs Navoyi viloyati Nurota tumanida 1996-yilda tugʻilgan, hozirda Olmaliq shahrida vaqtincha yashab kelayotgan fuqaro Q.S. ekanligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.