“Olmaota issiqlik tarmoqlari” MChJ Rozibakiyeva – Xojanova – Gagarin – Korolenko maydonidagi qator binolar magistral issiqlik tarmog'ining uchastkasida sodir bo'lgan avariya tufayli issiqlik ta'minotisiz qolgani haqida xabar berdi, deyiladi tengrinews.kz saytida.

“1976-yilda foydalanishga topshirilgan diametri 800 millimetr bo'lgan quvur tarmog'ining ishdan chiqqan qismini avariyali almashtirish ishlari “Olmaota issiqlik tarmoqlari” MChJ avariya guruhi tomonidan amalga oshirilmoqda, issiqlik va issiq suv ta'minotini tiklash rejalashtirilgan. Olmaotadagi mazkur hududlarda yashovchi fuqarolardan va shahardagi mehmonlardan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklarni to'g'ri tushunishlarini so'raymiz”, deydi kommunal xizmat vakillari.