Olmaota shahrini chang bo'roni qopladi

    Olmaota shahrini chang bo'roni qopladi. Hodisaning surat va videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'ldi.

    Soat 15:00 ga kelib chang bo'roni shaharning ko'plab hududlarini qamrab oldi.

    Kazgidromet 20-iyul soat 21:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar Olmaota viloyati va Olmaotada chang bo'roni bo'lishi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.

    “21-iyul kuni kunduzi Olmaota viloyatining tog'li hududlarida momaqaldiroq bo'lishi kutilmoqda. Janubda viloyatning tog'li hududlarida soniyasiga 15-20 metr tezlikda g'arbiy shamol esadi. 21-iyulda kuchli yong'in xavfi kutilmoqda. 21-iyul kuni Olmaotada momaqaldiroq bo'ladi, soniyasiga 15 metr shamol esadi”, deyiladi xabarda.