“Kazinform” xalqaro axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, Qozogʻistonning quyidagi olti viloyatida avtomobillar harakati cheklangan:

Abay viloyati — umumiy uzunligi 177 kilometr boʻlgan Omsk-Maykapshagay» avtomobil yoʻli, Kalbatau- Bugaz qishloqlari;

Jambil viloyati — umumiy uzunligi 79 kilometr boʻlgan “Olmaota-Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻli, Kenen-Qaynar qishloqlari. Harakat eski Korday dovoni orqali amalga oshiriladi;

Jetisu viloyati — umumiy uzunligi 100 kilometr boʻlgan “ «Usharal-Dostik” avtomobil yoʻli. Koʻktuma stansiyasidan — Doʻstlik stansiyasigacha;

Kustanay viloyati — Ulitau viloyatida ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan umumiy uzunligi 83 kilometr boʻlgan “Jezkazgan-Petropavlovsk” avtomobil yoʻli. Ulitau viloyati chegarasidagi Arkaliq shahrigacha;

Turkiston viloyati - umumiy uzunligi 106 kilometr boʻlgan “Jizzax-Gagarin-Jetisay-Sariagash-Jibekjoli” avtomobil yoʻli – Qizilasker – Chernyayevka qishloqlari. Faqat yuk tashish transportlari uchun.

Ulitau viloyati - umumiy uzunligi 115 kilometr boʻlgan “Jezkazgan-Petropavlovsk” avtomobil yoʻli. Ulitau qishlogʻidan Kustanay viloyati chegarasigacha.