Chaqaloq Olmaota avtomobil katta xalqa yo'lining beshinchi kilometrida topilgan.
Olmaota viloyati politsiya boshqarmasining xabar berishicha, 15-may kuni soat 10:08 atrofida bolaning topilgani haqida xabar kelib tushgan.
Ushbu ma'lumot Qorasoy tumani IIB tomonidan qayd etilgan. Faktni tekshirish chog'ida voqea joyiga zudlik bilan politsiya otryadi jo'natilgan va tez orada bola onasining shaxsi aniqlangan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan onaga nisbatan Qozog'iston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 127-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma tuzildi. Ota-onalar bilan tushuntirish tarzidagi profilaktik suhbat o'tkazilib, ular Qozog'iston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks moddalari bilan tanishtirildi, deyiladi tengrinews.kz saytida.