Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtning yirik shohi kafening yozgi ayvoni ustiga sinib tushgani, odamlar kafedan qochishga ulgurib qolgani aks etgan kadrlar tarqalmoqda. Hodisa markaziy madaniyat va istirohat bog'ida sodir bo'lgan.
Hodisa yuz bergan lahzada yaqin atrofda odamlar va bolalar bo'lgan. Biroq hech kim jabrlanmadi, deb xabar beradi tengrinews.kz.