Olmaotada ko'chki tufayli bir kishi hayotdan ko'z yumdi

    Olmaotada yer ko'chkisi oqibatida halok bo'lgan bir kishining jasadi topildi.

    Voqea joyiga avvalroq tez yordam mashinasi yetib kelgan.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko'ra, qutqaruvchilar 2007-yilda tug'ilgan yigitning jasadini topdi.

    Avvalroq Olmaota Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati Medeu tumanidagi Tau-Samal mikrorayonidagi Olimpiyskaya ko'chasi bo'ylab 8-fevralga o'tar kechasi yuz bergan yer ko'chkisi tafsilotlarini ma'lum qilgandi. Ko'chki texnogen xarakterdagi tuproqning namlanishi oqibatida sodir bo'lgan. Ikkita shaxsiy turar-joy binosiga zarar yetgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, uylarda to'rt kishi bo'lgan, ulardan ikki nafari bolalardir, deb xabar beradi tengrinews.kz.