Zilziladan keyin shaharda ogohlantiruvchi sirenalar chalindi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati Olmaota aholisini vahima qo'ymaslik, uylarini tark etmaslik va rasmiy ma'lumotlarga amal qilishga chaqiradi.

Seysmologlarning ma'lumotlariga ko'ra, zilzila Olmaotadan 31 kilometr janubda Qozog'iston va Qirg'iziston chegarasida sodir bo'lgan. Uning magnitudasi – 6,1. Olmaotada zilzila kuchi 5 ballga yetgan, deb xabar beradi vlast.kz.