Olmaotada Oʻrol Tansiqboyevning retrospektiv koʻrgazmasi ochildi, deb maʼlum qildi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva
Koʻrgazma Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Qozogʻiston Abilxon Qasteyev nomidagi Davlat sanʼat muzeyi hamda ikki davlat muzeylari bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
“Tansiqboyev ijodi Qozogʻiston bilan chambarchas bogʻliq. U bu yerda koʻp ishlagan, Abilxon Qasteyev bilan doʻst boʻlgan. Umid qilamanki, ushbu koʻrgazma madaniy aloqalarimizni yanada mustahkamlaydi”, — deydi Mirziyoyeva.
A.Qasteyev nomidagi Davlat sanʼat muzeyida ochilgan koʻrgazma 1-iyungacha davom etadi. Rassomning asarlari “Oʻrol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” nomi bilan taqdim etilmoqda.