Olmaotadagi ko'chki qurbonlari soni to'rt nafarga yetdi

    Olmaotada ko'chkidan so'ng yana uch kishining jasadi topildi, shu tariqa halok bo'lganlar soni to'rt nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

    “Payshanbaga o'tar kechasi Tau-Samal mikrorayonida loyning o'pirilishi (yer usti tuproq massalari) sodir bo'ldi. Favqulodda hodisa oqibatida ikkita uy zarar ko'rgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko'ra, loyning hajmi 3200 kub metrni tashkil etgan. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilindi. Avvalroq qutqaruvchilar vayronalar ostidan 16 yoshli o'smirning jasadini olib chiqqan edi”.

    Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, qutqaruvchilar voqea joyida halok bo'lgan 1984-yilda tug'ilgan erkak, 1980-yilda tug'ilgan ayol va 2007-yilda tug'ilgan ikki nafar o'g'il bolaning jasadlarini topib, olib chiqishgan.

    Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, favqulodda hodisa joyida vayronalarni demontaj qilish va loy massasini tozalash ishlari davom etmoqda. Psixologlar jabrlanganlarning qarindoshlari va qo'shnilariga shoshilinch psixologik yordam ko'rsatyapti, deb xabar beradi ria.ru.