Olmaotadagi nazorat punktida o'lgan militsiya xodimlari o'limidan so'ng mukofotlandi

    Tashvishli xabar 26 May 2020 1865

    Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jumart Toqaev Olmaotadagi nazorat o'tish punktida mast haydovchining aybi bilan halok bo'lgan ikki nafar militsiya xodimini o'limidan so'ng mukofotladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    5 may kuni ertalab BMW avtomashinasi haydovchisi ko'p spirtli ichimlik iste'mol qilishi oqibatida katta tezlikda kelib nazorat o'tish punkti beton to'sig'iga va keyin militsiya mashanasiga borib urilgan.

    Natijada militsiya mashina ichida bo'lgan katta leytenant voqea joyida halok bo'lgan. Uning hamkasbi kasalxonada vafot etgan.

    Olmaota militsiya boshqarmasi boshlig'i Kanat Taymerdenovning xabar berishicha, BMW avtomobili haydovchisi sobiq millitsiya xodimi bo'lgan.