Olmaotadagi tuman tufayli ikkita reys Toshkentga yoʻnaltirildi

    Olmaota aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.

    Qayd etilishicha, “Loong Air” aviakompaniyasining Xanchjoudan Olmaotaga uchgan GJ8217 reysi 17-fevral kuni soat 23:05 da qoʻndi.

    Hozirda yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari mehmonxonalarga joylashtirilgan, manzil aeroportga uchish mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga rejalashtirilgan.

    Shuningdek, “Azimut” aviakompaniyasining “Mineralnye Vodi – Olmaota” yoʻnalishi boʻyicha AZO6141 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:11 da Toshkentga kelib qoʻndi.