Qayd etilishicha, shu yilning 5-iyun kuni soat 06:27 da Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy 4-tor koʻchasida shaxsiy xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 06:32 da voqea joyiga yetib borgan va 07:12 da yongʻin qurshab olinib, 07:34 batamom oʻchirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, aytilgan manzilda joylashgan shaxsiy xonadonlar bir biriga tutash boʻlganligi sababli yongʻin natijasida 4 ta xonadon yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar tushmadi.