Olmazor tumanida yoʻlovchi tashuvchi “Gazel” yonib ketdi

    Transport 26 Iyul 2021 496

    Joriy yilning 26-iyul kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasida “Gazel” mashinasi dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab zudlik bilan toʻxtagan.

    Yoʻlovchilar avtomobildan tushirilgan. Qisqa tutashuvdan soʻng yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

    Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Transport vositasiga zarar yetgan.

    Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.