Toshkentning qadimiy darvozalaridan birining koʻrinishida qurilayotgan devorning eni 5.20 va balandligi 4 metrni tashkil etmoqda.
Unga milliy naqshlar bilan bezak berilib, Olmazor tumanining ramziy belgisi oʻrnatiladi. Shuningdek, bu yerda asfaltlash ishlari ham olib borilib, atrof koʻkalamzorlashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, tumanda bunday ramziy devor birinchi marotaba qad koʻtarmoqda. Tez kunlarda qurilish ishlari yakuniga yetadi.