Chempionlar mamlakat bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishida asosiy vosita bu ularga yaratib berilgan sharoitlar desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shu sababli davlatimiz tomonidan hamda koʻplab xususiy tadbirlar tashabbusi bilan zamonaviy sport majmualari qad rostlamoqda.

Shunday sport majmualaridan biri Namangan viloyati Uychi tumanidagi 4-sektor hududida qad rostladi. Xususiy tadbirkor Botirjon Murodov tomonidan bunyod etilgan “Olmos” sport klubi shular jumlasidandir.

Oʻziga xos dizaynga ega mazkur sport majmuasining tantanali ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda Uychi tuman hokimi M.Mamatxanov, Oʻzbekiston MMA klubi vitse prezidenti Murod Xontoʻrayev, Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi A.Tuychiyevlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimi davomida harbiylar tomonidan namoyish etilgan jangovar chiqishlar yigʻilganlarga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.

Alohida taʼkidlash lozim, mazkur fitnes klubda qoʻl jangi va aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi (MMA) sport turlari boʻyicha mahoratli trenerlar Xurshid Ergashev va Oybek Otaxonovlar mashgʻulotlarini olib borishadi.