Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tekshiruvlarda bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida fuqaro yonidagi 5000 AQSH dollari hamda 38 mln soʻm miqdordagi milliy valyutalarni taqdim etgan. Ushbu naqd pullar qayta hisob kitob qilingan vaqtda esa, 5 000 AQSH dollari deya taqdim etilgan valyutalar aslida, 10 000 AQSH dollari, milliy valyutalar esa, 38 mln soʻm emas balki, 61 580 000 soʻm ekanligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan bojxona koʻrigi davomida esa fuqaro yana 30 ming AQSH dollarini oyoq kiyimi ostiga va 10 ming AQSH dollarini yon choʻntaklariga berkitib, olib chiqishga uringanligi tasdiqlandi.
Hozirda fuqaroning mazkur xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jami 50 ming AQSH dollari va 61 580 000 soʻm miqdoridagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.
Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln soʻmgacha boʻlgan naqd valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy tarzda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi, — deyiladi xabarda.