Kecha kun davomida 6 nafar bokschimiz chorak finalda ringga koʻtarildi va ularning barchasi gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi. Ushbu gʻalaba orqali olti nafar bokschimiz Osiyo chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qoʻydi. Jumladan, Ilhomjon Ergashev iroqlik raqibini birinchi raundda magʻlub etdi. Samandar Olimov tojikistonlik bokschidan, Sunnatilla Oʻktamaliyev qirgʻizistonlik raqibidan ustun keldi.
Mironshox Norqosimov iordaniyalik bokschini, Farrux Toʻlaganov eronlik bokschini, Mirzakamron Yunusov esa BAA vakilini ikkinchi raundda magʻlubiyatga uchratdi.