Olti kishi Vyetnamdagi “Noul” toʻfoni qurboni boʻldi

    Voqea-hodisalar 21 Sentabr 2020 706

    Vyetnamning markaziy qismidagi bir qator provinsiyalarga yopirilgan “Noul” toʻfoni tufayli olti kishi nobud boʻldi, va yana 112 kishi turli darajadagi jarohatlar va shikastlar oldi. Bu haqda Tabiiy ofatlar bilan kurash milliy qoʻmitasida xabar berdi.

    Toʻfon mamlakatning markaziy qismiga koʻpgina avtoyoʻl magistrallarini suv ostida qoldirgan kuchli jala yomgʻirlarini keltirdi, shuningdek, 6 ming gektardan ortiq qishloq va oʻrmon xoʻjaligi maydonlarini suv bosgan.

    Tezligi daqiqasiga 100 metrdan oshgan shamol 22 mingdan ziyod xususiy uylarga ziyon yetkazgan. Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ayniqsa Txыatxiyen-Xyuye provinsiyasi koʻp talofat koʻrgan. U yerda mahalliy aholidan toʻrt kishi vafot etgan va koʻplab vayronagarchiliklar qayd etilgan.

    Talafot koʻrgan hududlarda qutqaruv ishlari uzluksiz davom ettirilyapti. Tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashga Vyetnam xalq armiyasining boʻlinmalari harbiy xizmatchilari jalb etilgan.

    “Noul” toʻfoni Vyetnamda ushbu mavsumdagi beshinchi toʻfon hisoblanadi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida toʻfonlar keltirgan kuchli toshqinlar natijasida bu yerda 47 kishi qurbon boʻlgan. 2019-yilda ofat 133 kishini olib ketgandi. Keltirilgan moddiy zararlar miqdori esa 7 trillion dong (302 million dollardan ortiq) ni tashkil etgan, deb xabar beradi TASS.