Bu haqda AQSh chegara xizmati rahbari Jeyson Ouens CBS Newsga bergan intervyusida ma'lum qildi.
2022 va 2023-moliyaviy yillarda AQSh chegara xizmati janubiy chegarani noqonuniy kesib o'tgan 2 milliondan ortiq muhojirlarning hibsga olingani haqida xabar berdi, bu tarixdagi eng yuqori ko'rsatkichdir. 2023-yilning may oyida mamlakat sobiq Prezidenti Donald Tramp davrida koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan deportatsiya bo'yicha 42-modda deb ataladigan maxsus rejimni qo'llashni to'xtatdi. Unga ko'ra, muhojirlarga COVID-19 tarqalishi xavfi tufayli boshpana berish rad etilishi mumkin edi. Amaldagi Prezident Jo Bayden ma'muriyati boshpana olish huquqiga ega bo'lmaganlarni deportatsiya qilish kabi yangi talablarni joriy qildi, biroq bu muhojirlar oqimini to'xtata olmadi, deb xabar beradi report.az.