Olti oyda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hajmi oʻtgan yilga nisbatan 2 karra oʻsdi

    Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “tekshirsa – qoʻrqadi, qoʻrqsa – soliq toʻlaydi”, degan qarash bilan ish yurmasligini hamma, ayniqsa soliqchilar tushunib yetdi.

    Sodda qilib aytganda, mansabdorlar tadbirkor bilan muloqot qilishga oʻrgatilib, biznes muhitini yaxshilash boʻyicha tub burilish yasaldi.

    Olti oyda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hajmi oʻtgan yilga nisbatan 2 karra oʻsib, 14 milliard dollarga yetdi.

    Bu – investorlarning Oʻzbekistonda biznes qilishga ishonchi ortib borayotganidan dalolat.