Viloyat rahbari maktab uchun muhim boʻlgan qoʻshimcha 300 oʻrinlik binoga tamal toshini qoʻyib berdi.
Maʼlumot uchun – bilim maskani oʻquvchilari keyingi yillarda salkam ikki baravarga oshgandi. Sinf xonalar kamligi muammosi bor edi. Ushbu maktab bitiruvchilari qator yillardan buyon 80 foizi yurtimizdagi nufuzli OTMlarning talabasi boʻlishmoqda.
Bugun Oltiariqda yana bir xayrli ish boshlandi. Tuman hokimi tashabbusi bilan tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabiga ham yangi qoʻshimcha 3 qavatli, 420 oʻrinlik oʻquv binosi qurish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu taʼlim muassasasi 1200 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bugungi kunda unda 2200 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi. Yangi qurilayotgan bino ishga tushsa, oʻquvchilarni toʻliq bir smenada qamrab olishga erishiladi.
Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati