Ushbu uchrashuvning birinchi boʻlimidayoq Oʻzbekistonning ikki futbolchisi maydondan chetlatildi.

Ushbu uchrashuvda Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinning birinchi boʻlimidayoq Oʻzbekistonning ikki futbolchisi maydondan chetlatildi.

Ammo 1-boʻlimdayoq kamchilikda qolgan Islom Ismoilov shogirdlari chinakam matonat koʻrsatdi. Shu tariqa Oʻzbekiston oʻsmirlari oʻz tarixida 2-bor qitʼada tengsiz boʻlishdi.

Uchrashuvning 50-daqiqada Muhammad Hakimov penaltidan hisobni ochdi.

70-daqiqada esa darvozabon Neʼmatulloh Rustamjonov ketma-ket seyvlardan soʻng tezkor qarshi hujumni boshladi. Sadriddin Hasanov super reydi bilan raqib posboni bilan birga-bir chiqib bordi va toʻpni uning oyoqlari orasidan oʻtkazib, ikkinchi golni urdi.

Oʻyinning qolgan qismida ham Oʻzbekiston vakillari 9 kishi holatida gʻalabani saqlab qolib, Osiyo chempioniga aylandi.