Sarmoyador vatandoshimiz oila aʼzolari bilan oʻzlari yashaydigan qishloq hududidan 24 gektar yer olib, unda gʻalla va makkajoʻxori kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni hamda bogʻdorchilik va uzumchilikni yoʻlga qoʻydi.

Bundan tashqari, qishloq yaqinidagi 77 gektar lalmi yer maydonida qoʻy va qoramol boqish, sut va goʻsht mahsulotlarini yetishtirish maqsadida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi tashkil etildi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun sarmoyador tomonidan 200 ming dollar miqdorida mablagʻ yoʻnaltirildi, fermer xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan traktor va yordamchi texnika vositalari sotib olindi. Natijada xoʻjalikda 10 dan ortiq fuqaroning bandligi taʼminlandi.

Ayni paytda sarmoyador va uning oila aʼzolari nasldor qoʻylar sonini oshirish, zotdor qoramollar parvarishini kengaytirish ustida ish olib bormoqda.