Oltin narxi rekord darajaga ko'tarildi

    Oltin narxi rekord darajada oshdi. Buni 4-dekabr, dushanba kuni Chikago tovar birjasi (CME) ma'lumotlari tasdiqlaydi.

    Bugun ertalab oltinning yanvar fyucherslari narxi 2,89 foizga oshib, unsiya uchun 2140,7 dollarni tashkil qildi. Oltin narxi tarixda birinchi marta 2100 dollardan oshdi.

    Biroq, keyinchalik qimmatbaho metalning narxi biroz pasaydi. Ya'ni oltinning spot narxi bir unsiya uchun 2084,3 dollarni tashkil etdi, bu avvalgi sessiya yopilishidan 0,7 foizga yuqori.

    G'arb tahlilchilari 2024-yilda oltin narxi bir unsiya uchun 2000 dollardan yuqoriligicha qolib, yanada oshadi, deb hisoblamoqda. Bunga geosiyosiy noaniqlik, AQSh dollarining zaiflashishi va foiz stavkalarining potensial pasayishi bunda muhim omilga aylanmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.